"Sog'liqni saqlash tizimi birlamchi bo'g'ini bo'yicha yilning eng yaxshi IT-operator hamshirasi" ko'rik tanlov

Xorazm viloyati Sog'liqni saqlash boshqarmasiga qarashli Xiva tuman Tibbiyot birlashmasida "Sog'liqni saqlash tizimi birlamchi bo'g'ini bo'yicha yilning eng yaxshi IT-operator hamshirasi" ko'rik tanlovi bo'lib o'tdi. Tanlovda ishtirokchilar elektron tibbiy tizimlar bilan ishlash ko‘nikmalari, bemorlar ma’lumotlarini to‘g‘ri va tezkor kiritish, axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish, kasbiy bilim va malaka bo‘yicha sinovdan o‘tdilar.Yakuniy natijalarga ko'ra:

🥇1-o'rin - Ismoilova Nurpashsha Ogohiy OShP IT-xamshirasi
🥈2-o'rin - Babayeva Mexribon 40-son oilaviy poliklinika IT-xamshirasi
🥉3-o'rin - Matchanova Munira Chanashiq OShP IT-xamshirasi
18-05-2026, 15:50
Ko'rishlar: 41
Sahifani chop etish