Gepatit A dan himoyalaning!


Gepatit A — “iflos qo‘llar kasalligi” sifatida tanilgan xavfli yuqumli kasallikdir. Kasallik ko‘pincha yuvilmagan qo‘llar, ifloslangan suv hamda yaxshi yuvilmagan meva va sabzavotlar orqali yuqadi. Ayniqsa, bolalar va immuniteti sust kishilar kasallikka tez chalinishi mumkin.

✔️Qo‘llaringizni sovun bilan muntazam yuving, faqat toza ichimlik suvidan foydalaning va oziq-ovqat mahsulotlarini gigiyena qoidalariga rioya qilgan holda iste’mol qiling.

📌Unutmang, oddiy gigiyena qoidalariga amal qilish orqali o‘zingiz va yaqinlaringizni gepatit A kasalligidan asrashingiz mumkin.

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati
25-08-2026, 09:16
Ko'rishlar: 11
Sahifani chop etish