

Xiva tumani umumta’lim maktablari VIIB ATSJQK boshqarmasi hamkorligida kiberxavfsizlik yo‘nalishida tumandagi informatika fani o‘qituvchilari, tibbiyot hodimlari va tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo’limi hodimlari uchun targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.⚠️ Tadbir davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
• shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish va ularning daxlsizligini ta’minlash;
• zararli dasturlar (viruslar) va fishing hujumlaridan saqlanish yo‘llari;
• ishonchli parollar yaratish va ularni himoyalash tartiblari.
🔷 Shuningdek, internet tarmog‘ida uchraydigan holatlar tahlil qilinib, bunday vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
🟢 Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda kiberxavfsizlikni ta’lim jarayoniga samarali joriy etish yuzasidan fikr almashdilar.
📍 Mazkur targ‘ibot tadbiri o‘qituvchilarning axborot xavfsizligi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.